Bulung‘ur va Urgut tumanlarida profilaktik tadbir o‘tkazilmoqda

O‘tgan davrda ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish, uni xalqchil tizimga aylantirish borasida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mahallalarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish zimmasiga yuklatilgan quyi bo‘g‘inlar faoliyati ham bundan mustasno emas.
Ko‘rilgan choralar natijasida samaradorlik oshmoqda. Mahallalarda tinch va osoyishta hayot ta’minlanib, jinoyatchilik darajasi kamayishiga erishilyapti. Albatta, bu borada boshqa xizmat xodimlari tomonidan ham zarur choralar ko‘rib kelinmoqda. Xususan, shu kunlarda tog‘li va chegaraoldi hududlari – Bulung‘ur va Urgut tumanlarida boshqa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bundan maqsad avvalo, fuqarolarning hushyorligini oshirish, huquqiy savodxonligini yuksaltirishdan iborat. Qolaversa, aholi o‘rtasida o‘tkazilayotgan so‘rovlar orqali yuz berishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsizliklarning oldi olinmoqda.
Asliddin MELIYeV,
IIB TEQKB tog‘li va chegaradosh guruhi tezkor bo‘limi tezkor vakili.