Bulung‘urda bo‘yoq olib ketayotgan mashina yondi, haydovchining hayoti saqlab qolindi
- 07.07.2020 19:55
- 288
- Hodisa
Kecha, 6 iyul kuni Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bulung‘ur tumani hududidagi M-39 avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan « «VOLVA»» rusumli yuk mashinasida yong‘in yuzaga kelganligi yuzasidan xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, voqea joyiga yetib borgan viloyat FVBning yong‘in-qutqaruvchilari yong‘inni bartaraf etgan. FVB tizimi xodimlarining harakati tufayli mashina salonidagi haydovchining hayoti saqlab qolingan.
Ma’lum bo‘lishicha, mashina yukxonasida 21800 kilogramm qurilish uchun mo‘ljallangan bo‘yoq mahsuloti bo‘lgan. Yong‘in kelib chiqishiga avtomashinaning orqa shinalari yorilib ketishi sabab bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa