Bulung‘urda taqiqlangan joyda ov qilgan shaxs ma’muriy jarimaga tortildi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Bulung‘ur tumani inspeksiyasi tomonidan tumandagi Olmazor mahallasi xududida reyd kuzatuvi olib borildi.

Natijada Bulung‘ur tumani Isori O‘roqli mahallasida yashovchi fuqaro T.A. tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan IJ 18 ov miltig‘i bilan ov qilish mobaynida yo‘l varaqasining birinchi ustunini to‘ldirmasdan ov qilayotgani aniqlandi.

Bu bilan O‘zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonunining 21-moddasi, "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonunning 18, 39, 41-moddalari talablarini buzgan fuqaro T.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi 1-qismiga asosan, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.