Camarqandda MIB faxriy va ustoz xodimlariga ehtirom ko‘rsatildi

Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda Byuroning viloyat boshqarmasi xodimlari va faxriylar ishtirok etdi.

Tadbirni Byuroning viloyat boshqarmasi boshlig‘i C.Jabbarov kirish so‘zi bilan ochib, O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan majburiy ijro byurosi kadrlarini tayyorlashga katta hissa qo‘shgan murabbiylar va jamoani tabrikladi.

Shuningdek, ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq ekanligi alohida ta’kidlandi.

Taraqqiyotimizning yangi bosqichida Davlatimiz rahbarining ezgu tashabbuslari va amaliy sa’y-harakatlari bilan jamiyatda o‘qituvchilarning, ustoz va murabbiylarning qadri va qaddini ko‘tarish, ularning hurmatini joyiga qo‘yish bo‘yicha misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadbir yakunida Byuro tizimda uzoq yillar fidokorona xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga estalik sovg‘alari topshirildi.

Ustoz va soha fidoiylarining Samarqand shahridagi diqqatga sazovor maskanlar, shu jumladan, Hazrati Hizr majmuasi, Amir Temur maqbarasi kabi qator tarixiy obidalarga sayohati uyushtirildi.

Jaloliddin ShERBOYeV, Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi katta inspektori.