Past Darg‘omdagi Chortut mahallasidagi 36-maktabning sport zali qurilganiga 30 yildan oshgan. Shundan buyon umuman ta’mirlanmagan bu zal qarovsiz holga kelib qolgan edi.
Mahallada yashovchi tadbirkor Navro‘z Hamdamovning 330 million so‘m mablag‘i evaziga sport zali ta’mirlanib, 100 o‘ringa mo‘ljallangan boks to‘garagi tashkil etildi, zarur sport jihozlari keltirildi.
Bugun ta’mirdan chiqarilgan ushbu sport inshooti foydalanishga topshirildi.
- Mahallamizda mingdan ziyod yoshlar bor, - deydi "Chortut" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Komil Hamdamov. – Bugundan sport zali va boks to‘garagi ochildi. Yoshlar darsdan bo‘sh vaqtida nafaqat boks, shu bilan birga muay-tay, qo‘l jangi, kurash va o‘zbek jang san’ati turlari bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Tadbirda Oliy Majlis Senati a’zosi F.Toshev ishtirok etdi.