Chorva hayvonlarini sug‘urta qilish tartibi belgilandi
- 03.10.2019 12:55
- 119
- Iqtisodiyot
Hukumat qarori bilan aholi xonadonlarida va chorvachilik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatadigan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda parvarish qilinayotgan chorva hayvonlarini sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Nizomga muvofiq, chorva hayvonlarini sug‘urtalash uchun sug‘urta qildiruvchining og‘zaki yoki yozma murojaati bo‘yicha ixtiyoriy ravishda sug‘urtalovchi bilan shartnoma tuziladi.
Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta mukofoti to‘laydi va unga sug‘urta polisi beriladi.
Sug‘urta hodisasi (sug‘urtalangan hayvonning nobud bo‘lishi, o‘g‘irlanishi va majburan so‘yilishi) ro‘y berganda bu haqda dalolatnoma tuziladi.
Sug‘urta qildiruvchining arizasi va taqdim etilgan tegishli hujjatlarga asosan sug‘urta tovoni to‘lab beriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa