Samarqandda chorvachilikni rivojlantirishning qanday rejalari bor?

Har bir tumanda kamida 2 tadan bo‘rdoqichilik xo‘jaliklarini tashkil etish va ularga lalmi maydonlardan belgilangan tartibda yer ajratish yuzasidan umumiy qiymati 62 milliard so‘mlik dastur tasdiqlangan.

Dasturga asosan 5220 boshga mo‘ljallangan 27 ta bo‘rdoqichilik xo‘jaliklarini tashkil etish loyihalari amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, chorva mollarini zotini yaxshilash, mahsuldorligini oshirish maqsadida sun’iy urug‘lantirish ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha 260 ta zooveterinariya shahobchalari tashkil etilgan.