Choy bilan bog‘liq yutuqlar ham “Ginnesning rekordlar kitobi” sahifalaridan joy oldi
Statistik ma’lumotlar choy mashhurlik bo‘yicha suvdan keyin ikkinchi o‘rinda turishini aniqladi. Choy ichish tarixi juda qadimiy, afsonalar to‘rt ming yildan ko‘proq vaqt haqida gapiradi. Va ushbu vaqt davomida barglarni qayta ishlash va choyni tayyorlashning son-sanoqsiz usullari ixtiro qilingan. Shu sababli bo‘lsa kerak, eng mashhur ichimliklardan biri odamlarni turli yutuqlarga erishishga undagan bo‘lsa ajabmas.
“Ginnesning rekordlar kitobi” choy haqida nima deydi?
Eng katta choy paketi
Birlashgan Arab Amirliklarida miqdori yuz minglab piyola ichimlik uchun mo‘ljallangan, og‘irligi 200 kilogrammdan oshadigan hayratlanarli o‘lchamdagi choy paketi taqdim etildi. Yutuq qayd etilgandan so‘ng, ushbu quruq choy xayriya qilindi.
Choy paketlari kolleksiyasi
Daniyada yashovchi Freya Luiza Kristiansenning qiziq xobbisi bor, u mingdan ortiq choy paketi to‘plashga muvaffaq bo‘lgan rekord egasi bo‘ldi. Shunisi e’tiborga loyiqki, u o‘z kolleksiyasini doimiy ravishda boyitib kelmoqda.
Ommaviy ravishda choyxo‘rlik
Hindistonda 2008 yilning 24 fevralida bir vaqtning o‘zida 32 ming 681 kishi ishtirok etgan choy ziyofati uyushtirildi. Tadbir “Ginnesning rekordlar kitobi” sahifalaridan joy olish uchun sabab bo‘ldi.
Eng choyxo‘r mamlakat
Choy xitoyliklar tomonidan ixtiro qilingan vaushbu mahsulotning eng yirik yetkazib beruvchisi aynan xitoyliklar bo‘lsa-da, eng ko‘p choy iste’mol qiluvchi davlat deb Turkiya tan olingan. Hisob-kitoblar bir turkiyalik yiliga o‘rtacha uch kilogrammdan ortiq quruq choy ishlatishini aniqladi. Ikkinchi o‘rinda Irlandiya (2,2 kg), uchinchi o‘rinda esa Buyuk Britaniya (taxminan 2 kg) turadi. Choyxo‘rlik bo‘yicha Rossiya to‘rtinchi o‘rinni (1,3), Xitoy esa yigirmanchi o‘rinni (1,25) egallab kelmoqda.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.