"Coca-cola" olib ketayotgan yuk avtomobili ag‘darilib ketdi
- 27.08.2020 10:51
- 659
- Hodisa

Joriy yilning 26 avgust kuni soat 7:00 larda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 17-kilometrida haydovchi, 1962 yilda tug‘ilgan K.M. “Mersedes-bens” rusumli yuk avtomobilini “Toshkent–Termiz” yo‘nalishida boshqarib ketayotib, yo‘lning ushbu qismida yomg‘ir yog‘ayotganligi sababli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga ag‘darilgan.
Oqibatda haydovchi K.M. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Mirzaobod tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kafolatlanmagan dori vositalari to‘xtatib qolindi
- 36 daqiqa avval
- Jinoyat va jazo
Endi nizoni sudsiz, beg‘araz hal etish ham mumkin
- 50 daqiqa avval
- Jamiyat
Madaniyatga ehtiyoj bor, e’tibor-chi?
- Bugun, 11:12
- Madaniyat