COVID-19 yangi to‘lqini: Xitoyda bir sutkada 10 mingdan ortiq odam kasallangan

Xitoyda bir kunda 10729 ta koronavirus infeksiyasi holati aniqlandi, deb xabar bermoqda AP. Bunda hech qanday alomatlar kuzatilmagan bo‘lsa-da, testlar ijobiy natija ko‘rsatgan.

Pekinda juma kuni ertalab 118 ta holat qayd etilgan. 21 million aholisi bo‘lgan shahar aholisi deyarli har kuni test sinov topshiradi. Poytaxtda kasallanishning kuchayishi sababli barcha shahar bog‘lari yopildi, ko‘plab maktablar masofaviy ta’limga o‘tdi, kasalxonalar bemorlarni qabul qilishni qisqartirdi, bir qator do‘kon va restoranlar yopildi, xodimlari karantinga o‘tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning noroziligi, politsiya va shifokorlar bilan individual to‘qnashuvlar aks etgan videolar paydo bo‘lmoqda.

Pekin tashqarisida jami 5 milliondan ortiq odam cheklovlar ostida, jumladan sanoat shahri - Guanchjou va Chongqing shahrida 32 milliondan ortiq kishi qisman blokirovka qilingan.

Xitoyda COVID-19 uchun “nol bardoshlik” siyosati mavjud. Demak, virus tarqalishini cheklash maqsadida kasallangan fuqarolar bilan aloqada bo‘lganlar uchun lokdaun va majburiy karantin kabi choralar qo‘llanilmoqda.