Daholar har kuni ham tug‘ilavermaydi

1879 yilning 14 martida Germaniyaning Ulm shahrida kambag‘al yahudiy oilasida o‘g‘il farzand tug‘ildi. Uch yoshga qadar bola gapirmasdi va ota-onasi uning rivojlanishda orqada qolishidan xavotirlana boshladi. Bola gapira boshlaganida ular hayratda qoldi – uch yoshli bolada kattalardagidek so‘z boyligi bor edi.

Maktabda bola o‘zini tutqin, dangasa, sustkash va deyarli hech narsaga qodir emasligini isbotladi, boshqa o‘quvchilar uning ustidan kulardi. O‘qituvchilar esa undan hech qachon jo‘yali inson chiqmasligini uqtirishardi. Biroq, bu unga butun maktab geometriyasi kursini bir o‘tirishda o‘qib, tushunib olishiga to‘sqinlik qilmadi.

Keyin bola ulg‘aydi va buyuk dahoga aylandi. U Albert Eynshteyn edi.

***

Kunlarning birida Eynshteyn Berlin tramvayiga chiqa turib, odatiga ko‘ra darhol kitob o‘qishga kirishdi. Cho‘ntagidagi chipta uchun oldindan sanab qo‘yilgan pulni oldi va qaramasdan konduktorga uzatdi.

- Bu yerda yetarli emas, - dedi konduktor.

- Bo‘lishi mumkin emas, - javob qildi olim, kitobdan bosh ko‘tarmasdan.

- Aytyapmanku yetarli emas, deb.

 Eynshteyn bo‘lishi mumkin emas, deganday yana bosh chayqadi. Konduktor g‘azablandi:

- Bo‘lmasa sanang, mana 15 pfennig. Yana beshta yetmayapti.

- Eynshteyn cho‘ntaklarini titkilab, kerakli tangani topdi va xijolat tortib uni konduktorga berdi, konduktor esa jilmayib unga qaradi:

- Hechqisi yo‘q, otaxon, faqat arifmetikani o‘rganish kerak.

***

Bir xonim Eynshteyndan unga qo‘ng‘iroq qilishini so‘radi, lekin uning telefon raqamini eslab qolish juda qiyin ekanligini ogohlantira boshladi:

- 24-361. Eslab qoldingizmi? Takrorlangchi?

Eynshteyn yelka qisib qo‘ya qoldi:

- Albatta eslab qoldim, bu judda oddiy-ku! Ikki do‘jna (2 ta 12 soni) va kvadratdagi 19.

***

Albert Eynshteynning parishonxotirligi to‘g‘risida afsonalar borligi haqiqat. Bir kuni u o‘ylanib, ko‘chada ketayotib, o‘zining eski tanishini uchratib qoldi va uni kechki ovqatga taklif qildi:

- Bugun kechqurun uyimizga keling, professor Stimson ham keladi.

 – Axir men-ku professor Stimson! – hayratlanib javob berdi tanishi.

– Kimligingiz muhim emas, baribir keling, - xayolini buzmasdan yo‘lida davom etdi Eynshteyn.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.