Daniya parlamenti vakillari samarqandlik yoshlar bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, yaqinda Parlamentlararo Ittiffoqning eng yirik xalqaro tadbiri – 150-yubiley Assambleyasi Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bora yurtimizda o‘tkazildi.

Unda ishtirok etgan Daniya davlati parlamenti delegatsiyasi a’zolari bugun Samarqand shahridagi School21 IT maktabida viloyat yoshlari bilan uchrashdi.
Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sarvar Boboyev mehmonlarga Sanarqandda yoshlar siyosati bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda School21 maktabining imkoniyatlari haqida gapirdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston parlamentida yoshlarning o‘rni xususida "Yoshlar parlamenti"ning viloyatdagi vakillari bilan tajriba almashildi.