Davlat idoralarida Yangi yil bayrami byudjet hisobidan nishonlanmaydi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, vazirliklar, idoralar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan xo‘jalik birlashmalariga byudjet va undan tashqari mablag‘lar hisobidan Yangi yil bayrami munosabati bilan korporativ tadbirlar o‘tkazish hamda bayram dasturxonini yozish man etildi.
Bu taqiq aynan byudjet mablag‘lari va undan tashqari mablag‘larni sarflamaslikka qaratilgan bo‘lib, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘z oylik maoshlari hamda rag‘bat pullari hisobiga ishdan tashqari vaqtlarda Yangi yil bayrami tadbirlarini tashkil etishlari mumkin.