Deputat qabulxonasi bo‘lishi kerak

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga 6-Mehrobod saylov okrugidan saylangan deputat Akbarali Qayumov o‘z hududida deputatlik qabulxonasi tashkil etdi.

O‘zLiDePdan saylangan deputatlar va tuman, shahar kengashlari apparat rahbarlari ishtirokida mazkur qabulxonada o‘quv-seminari o‘tkazildi. Partiya viloyat kengashi rahbarlari, partiya faollari deputatlarning ishini jonlantirish, saylovchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida bu kabi qabulxonalar tashkil etish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Deputatlik so‘rov yuborish, saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

– Saylov okrugida 25 ta mahalla bo‘lib, saylovchilar soni 30010 nafarni tashkil etadi – deydi A.Qayumov. – Saylovchilarga qulaylik yaratish, ularning murojaatlarini qabul qilish va belgilangan tartibda hal etish uchun ushbu deputatlik qabulxonasini tashkil etdik. Shu paytgacha okrug bo‘yicha 50 ortiq  muammolar o‘rganilib,  yechim topish bo‘yicha yo‘l xaritasi tuzilgan va manzilli ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Seminar qatnashchilari “Nurli kelajak ishonch servis” MChJ qoshidagi namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyati bilan ham tanishdi. 

O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi axborot xizmati.