Deputat shifokorlar muammosini o‘rgandi, birgalikda ko‘chat o‘tqazdi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyati Kengashi “Yashil makon” umummilliy loyihasini yuqori saviyada tashkil etib, ko‘kalamzorlashtirish, bog‘-rog‘larni yaratish kabi ishlarda faolliklarini ham namoyish etib kelmoqda.
Xususan, partiya mas’ullari Toyloq tumani, "Xo‘jaqishloq" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi "Jumabozor" oilaviy shifokorlik punktiga manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi.
O‘zXDP viloyat kengashi raisi B.Nasriyev aholi muammolarini joyiga chiqib o‘rganish uchun Toyloq tumani tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida tuman aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbir davomida fuqarolardan kelib tushgan taklif va murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar mutasaddi rahbarlariga deputat so‘rovi yuborilib, nazoratga olindi.