Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dermatolog manikyur xavfi haqida

Ultrabinafsha chiroq yordamida manikyur qilish tirnoq plastinkasi kasalliklariga olib kelishi mumkin, bundan tashqari, lakning o‘zi, shuningdek uni olib tashlash texnikasi xavflidir. Bu haqda rossiyalik dermatolog-vrach onkolog Anjelina Tonu ogohlantiradi.

"Dunyodagi ko‘plab shifokorlar manikyurda qo‘llaniladigan ultrabinafsha chiroqning qisqa muddatli ta’siri tirnoq kasalliklarini keltirib chiqarishidan hayratda. Gel-lak bo‘yashda ultrabinafsha tirnoq melanomasiga olib kelishi haqida rasmiy dalillar bo‘lmasa-da, qoplamali manikyur paytida, tirnoq shikastlanishi aniq. Shuningdek, zamburug‘li yoki onixolizisli shikastlanish – tirnoq plastinasi ajralishiga sabab bo‘lishi mumkin", - deb ogohlantirdi mutaxassis.

Bundan tashqari, muntazam nurlanish qo‘l terisining erta qarishi va pigmentatsiyani keltirib chiqaradi. Dermatologning ta’kidlashicha, melanin subungual pigmentatsiyasi va boshqa tirnoq va teri kasalliklarida ultrabinafsha nurda gel-lak va shellak bilan bo‘yash mumkin emas.

"Nafaqat ultrabinafsha, balki lakning o‘zi, shuningdek, uni olib tashlash texnikasi ham zararlidir. Bunda gel-lakni egovlashda allergik reaksiya, bronxial astma va boshqa asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan turli kimyoviy birikmalarni o‘z ichiga olgan chang o‘pkaga kirishini ham unutmaslik kerak”, - deya ogohlantirdi Tonu.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muntazam ravishda tirnoqni gel va laklar bilan qoplab yuruvchilar zaiflashgan, mo‘rt tirnoq va og‘riq orttiradi.

G.Xoldorova tayyorladi.