Diqqat aksiya!!!
Mazkur beg‘araz donorlik AKSIYasida ko‘ngilli yurtdoshlarimiz safini kengaytirish hamda jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari ko‘ngilli hamkorlar ishtirokida Viloyatimizda davom ettirilmoqda.
Tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, insonlarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali bemorlarning hayotini saqlab qolishga qaratilgan AKSIYa doirasidagi ishlar Samarqand shahri hamda Oqdaryo tumanidagi barcha turdagi tashkilot va korxonalar hamda jamoat joylarida davom ettirilmoqda.
Barcha ko‘ngilli yurtdoshlarimizni donorlik tartib qoidalariga amal qilgan holad mazkur AKSIYada faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.
Mazkur xayriya AKSIYasini yanada kengroq targ‘ib qilishda korxona, tashkilot muassasa va OAVlarini hamkorlikka chorlaymiz.
UNUTMANG! SIZNING QONINGGIZ BEMOR BOLALAR SALOMATLIGINING GAROVIDIR!
Manzil: Samarqand shahar, Pomir ko‘chasi, 23-uy Samarqand viloyat qon quyish markazi
Aloqa telefoni: (66) 234-06-14
El.manzil: vlg.vil.qqs@minzdrav.uz
Tadbirga qon quyish markazidan biriktirilgan mas’ul:
Mirzamatov Sanjarbek, tel. raqami – (91) 665 -10 – 40
Tadbirga viloyat partiya Kengashidan biriktirilgan mas’ul:
Bo‘riboyev Azizbek, tel raqami (90) 283 – 88 -04.