Dizel yoqilg‘isining 1 litri 10 ming so‘m
Samarqandda “Yevro-4” va “Yevro-5” markali dizel sotilmaydi. Faqat “EKO” markali yoqilg‘idan foydalaniladi. Narx nega oshib borayotgani bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” ma’lumot berdi.
Xabarga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi jahon birjalaridagi Brent nefti kotirovkalariga bog‘langan holda shakllangan boshlang‘ich narxlarda birja savdolariga qo‘yilmoqda.
Bu amaliyot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 apreldagi “Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan yo‘lga qo‘yilgani aytilmoqda.
Xabarga ko‘ra, o‘tgan haftaning dushanba-juma, ya’ni 28 iyun-2 iyul kunlari 1 barrel Brent neftining o‘rtacha kotirovkasi – 76,20 dollarni, bunda minimal ko‘rsatkich – 75,17 dollarni, maksimal ko‘rsatkich – 77,26 dollarni tashkil etgan.
Mazkur kotirovkalardan kelib chiqib, ushbu davrda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan birja savdolariga qo‘yilgan avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isining shakllangan boshlang‘ich narxlari (1 tonnasi uchun) quyidagicha bo‘lgan:
Avtomobil benzini
Ai-80 markali – o‘rtacha 6 981,1 ming so‘m (minimal – 6 925,7 ming so‘m, maksimal – 7 042,6 ming so‘m);
Ai-91 markali – o‘rtacha 8 156,0 ming so‘m (minimal – 8 089,9 ming so‘m, maksimal – 8 229,5 ming so‘m);
Ai-92 markali – o‘rtacha 8 312,6 ming so‘m (minimal – 8 245,2 ming so‘m, maksimal – 8 387,6 ming so‘m);
Ai-95 markali – o‘rtacha 9 420,6 ming so‘m (minimal – 9 342,4 ming so‘m, maksimal – 9 507,5 ming so‘m);
Dizel yoqilg‘isi
EKO markali – o‘rtacha 9 726,1 ming so‘m (minimal – 9 642,5 ming so‘m, maksimal – 9 818,9 ming so‘m);
Yevro-4 markali – o‘rtacha 9 888,3 ming so‘m (minimal – 9 804,7 ming so‘m, maksimal – 9 981,1 ming so‘m);
Yevro-5 markali – o‘rtacha 10 096,7 ming so‘m (minimal – 10 010,6 ming so‘m, maksimal – 10 192,5 ming so‘m).
“Maroqand neftbaza” direktori Anvar Ikromovning aytishicha, Samarqandda byudjet va nobyudjet tashkilotlariga faqat “EKO” markali dizel yoqilg‘isi yetkazib beriladi.