Donor bemorga hayot bag‘ishlaydi

Donorlik eng savob ishlardan sanaladi. Chunki qonni sun’iy tarzda ishlab chiqishning imkoni yo‘q. Uning yagona manbai beg‘araz donorlardir.

Shunisi e’tiborliki, inson tanasi olingan qonni tezda o‘rnini to‘ldirish imkoniyatiga ega. Qon topshirgan kishida salomatlik aslo yomonlashmaydi, aksincha tana yangi qon ishlab chiqarishi evaziga yengillashadi.

Shu kabi jihatlarni aholiga tushuntirish, sog‘lom odam bergan qon qaysidir bemorga hayot baxsh etishini targ‘ib etib, viloyatimizda aholining ixtiyoriy ravishda qon topshirishga undayapmiz. Shu bilan birga bunday savobtalab insonlarni rag‘batlantirish uchun markazimiz mutaxassislari ishtirokida tadbirlar tashkil etyapmiz. Jumladan, markazimizning sayyor guruhi xodimlari Payarik tumanida ana shunday tadbirlar tashkil etdi. Natijada 32 nafar ko‘ngilli donorlardan qon olinib, tuman tibbiyot birlashmasi Chelak hududiy shifoxonasining jonlantirish, ginekologiya bo‘limlarida davvolanayotgan qoni  kam, qonga muhtoj bemorlarga berildi.

M.Ahmedova,

viloyat qon quyish markazi vrachi.