«Do‘stlik uyi»da yangi bog‘ yaratildi
Yurtimizda «Yashil makon» umummilliy harakati loyihasi doirasida ko‘chat ekish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.
Mazkur loyihaning «Do‘stlik uyi»dagi ko‘chat ekish ishlari Ekologiya partiyasi, Nodavlat-notijorat tashkilotlari, diniy qo‘mitalarning viloyat bo‘limlari tomonidan tashkil etildi.
- Joriy yilda viloyatimizda 390 ming tupdan ziyod daraxt ko‘chatlari o‘tqazish ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozirgacha 300 mingdan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari va gul bo‘talaridan bog‘ yaratildi, - deydi Nogironlar jamiyati viloyat bo‘limi raisi Dilmurod Pardayev. – Bugun «Do‘stlik uyi»da joylashgan 11 ta milliy-madaniy markaz, 34 ta nodavlat-notijorat tashkilotlari tomonidan 100 ga yaqin ko‘chat va bo‘talar o‘tqazilib, haqiqiy baynalmilalchilar bog‘i yaratildi. Kelajakda bu bog‘imiz ham Samarqand shahrining musaffo havosini tozalashga, atrof-muhit va ekologiyasini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shadi.
Tadbir doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham amalga oshirilib, yer maydonlari ag‘darilib, daraxtlarning tublari oqlandi.
Dilmurod TO‘XTAYeV.