Dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 14 milliondan oshdi

18 iyul holatiga koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni dunyo bo‘ylab 14 milliondan oshdi.

So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 14 194 140 nafar koronavirus yuqtirish holati aniqlangan. Ulardan 599 416 nafar bemor vafot etgan va 8 470 275 nafar bemor tuzalgan.

Eng ko‘p koronavirus holati aniqlangan davlat AQSh bo‘lib qolmoqda. U yerda bugungi kunga qadar 3 770 012 nafar koronavirus holati qayd etilgan. AQShdan keyingi o‘rinlarni 2 048 697 nafar kasallanish holati bilan Braziliya va 1 040 457 nafar kasallanish holati bilan Hindiston band etib turibdi. Koronavirus oqibatida eng ko‘p ziyon ko‘rgan davlatlar o‘ntaligidan Rossiya, Peru, Janubiy Afrika, Meksika, Chili, Ispaniya va Buyuk Britaniya joy olgan.