Dunyo mamlakatlari haqida qiziqarli faktlar

Dunyodagi eng o‘qimishli davlat: Kanada

Bu mamlakat aholisining 50 foizida kamida o‘rta-maxsus ma’lumot bor. Kanadadan keyin (45 foiz aholisi bilan) Isroil va (44 foiz aholisi bilan) Yaponiya turadi.

Fuqarolari eng semiz mamlakat: Nauru

Bu kichik orol davlati aholisining 95 foizi ortiqcha vaznga ega. Bunga sabab nima? Hech qanday maxsus narsa yo‘q, ular juda ko‘p ovqatlanadi va yetarlicha mashq qilmaydi.

Dunyodagi yo‘llari marjondan bo‘lgan yagona davlat: Guam

Guamda tabiiy qum yo‘q, shuning uchun u yerda marjon va neftdan foydalanib asfalt tayyorlanadi.

Eng qurg‘oqchil mamlakat: Liviya

Liviyaning 99 foiz yerlari cho‘l bilan qoplangan va ba’zi hududlarda o‘nlab yillar davomida yomg‘ir bo‘lmaydi.

Dunyodagi eng katta kislorod ishlab chiqaradigan davlat: Rossiya

Sibirda 48 shtat va Kolumbiya okrugidan iborat Amerika Qo‘shma Shtatlari kontinental qismidan kattaroq maydonga teng dunyodagi o‘rmonlarning taxminan 25 foizi o‘sadi. Bu Rossiyani karbonat angidridni bebaho kislorodga aylantiruvchi dunyodagi eng kuchli davlatga aylantiradi.

Eng kam o‘rmonga ega mamlakat: Gaiti

Gaitidagi o‘rmonlar deyarli butunlay kesib yo‘q qilingan. Bu hatto sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida ham seziladi: fotosuratda Gaitining o‘rmonlari hali ham o‘sib borayotgan Dominikan Respublikasi bilan chegaradoshligini yaqqol ko‘rish mumkin.

Eng ko‘p tillari bor davlat: Papua-Yangi Gvineya

Bu mamlakatda ingliz tili rasmiy til hisoblanadi, biroq bu shunchaki rasmiyatchilik: Papua-Yangi Gvineya aholisi 820 dan ortiq turli tillarda so‘zlashadi, bu dunyo tillarining 12 foizini tashkil qiladi.

Aholisi eng kam bo‘lgan davlat: Mongoliya

Mongoliyada aholi zichligi 1,5 kvadrat kilometrga 4 kishiga to‘g‘ri keladi. Taqqoslash uchun: dunyoda eng yuqori aholi zichligiga ega Gonkongning Mong Kok tumanida, bir yarim kvadrat kilometrda 340 ming kishi yashaydi.

Fuqarolari ko‘proq boshqa davlatlarda yashaydigan davlat: Malta

Bir nechta iqtisodiy inqirozlar bilan birga tug‘ilish darajasining oshishi davlatning bir necha emigratsiya to‘lqinlarini boshdan kechirishiga olib keldi, buning natijasida uning fuqarolari endi Malta ichidan ko‘ra ko‘proq boshqa mamlakatlar yashaydi.

Dunyodagi eng xilma-xil davlat: Hindiston.

Deyarli barcha o‘lchovlarda - ham madaniy, iqtisodiy, iqlimiy, irqiy, til, etnik va diniy jihatlarda Hindiston xilma-xillikni ifodalab,  dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.