Dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 62 milliondan oshdi

Ha, Jons Xopkins universiteti ma’lumotlari shundan dalolat beradi.

Toshkent vaqti bilan soat 6:40 da dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 62 094 127 nafarni tashkil etdi. Pandemiya davrida 1 million 449 ming 709 kishi vafot etdi. 39,7 milliondan ziyodi davolandi.

Dunyo bo‘yicha eng ko‘p kasallikni yuqtirganlar AQSh (13 233.022)ga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, koronavirus bilan eng ko‘p kasallangan mamlakatlar ro‘yxatida Hindiston (9,35 million), Braziliya (6,23 million), Fransiya (2,26 million) va Rossiya (2,22 millionga yaqin) turibdi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 28 noyabr, shanba kuni koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning rekord natijasini qayd etdi: dunyo bo‘yicha bir sutkada 747 082 ta kasallanish holati qayd etildi.