Dunyodagi eng dumaloq ko‘l
Geograflar bu ko‘lni Kingsley, aviatorlar esa Kumush rangli dollar ko‘li deb atashadi. Agar siz rasmlarga qarasangiz, bu juda mantiqiy.
Dunyoda o‘nlab dumaloq ko‘llar bor. Qoida tariqasida, ular so‘ngan vulqonlarning teshiklarida yoki qadimgi meteoritlarning kraterlarida hosil bo‘ladi. Biroq Kingsley shunchaki dumaloq ko‘l emas, u geometriya nuqtai nazaridan deyarli ideal tarzda yum-yumaloq va bu haqiqatni kompaslar ham tasdiqlaydi.
Kengligi taxminan 5 kilometr, chuqurligi 30 metrgacha keladigan Florida shtatidagi Kley okrugida joylashgan ko‘lning bunday ideal shaklga egaligini hatto baliq ovlash uchun keladigan mahalliy aholi ham tasavvur qila olmaydi, chunki uning ajoyib qiyofasi faqat parvoz balandligidan ko‘rinadi. Bundan tashqari, u Florida shtatidagi eng baland joylashgan ko‘ldir.
Ko‘lning kelib chiqishi haqida doimiy ravishda muhokamalar qilinib kelinadi. Eng mashhur taxmin shundaki, suv eruvchan jinslardan tuzilgan yerlar chuqurligida dumaloq ko‘l hosil qilgan. Ya’ni, unga meteoritning hech qanday aloqasi yo‘q, hamma gap chuqur voronka-g‘or hosil bo‘lgan tuproqlar birikmasida.