Dunyodagi eng “kuchli” pasportlar
Nemis pasportiga ega sayohatchilar o‘zlarini omadli deb bilishlari mumkin. Ularda dunyoning aksariyat davlatlariga vizasiz kirish imkoniyati bor.
Nemis pasporti ko‘p yillar davomida dunyodagi eng ishonchli shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardan biri bo‘lib kelmoqda. Uning egalari- sayohatchilar kamdan-kam hollarda viza haqida tashvishlanishadi. Albatta, bu nafaqat Germaniya pasportiga, balki boshqa bir qator mamlakatlarning shaxsiy guvohnomalariga ham tegishli.
“Henley&Partner” yuridik firmasi, jumladan, o‘zining “Henley pasportlar indeksi”da tegishli pasport bilan vizasiz kirish mumkin bo‘lgan davlatlar sonini sanab o‘tdi. Global reyting Xalqaro havo transporti boshqarmasi (IATA) ma’lumotlariga asoslanadi va yiliga bir necha marta yangilanadi.
2024 yil holatiga ko‘ra, bu indeks 199 ta pasport va 227 ta turli sayohat yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.
2023 yilning o‘rtalariga kelib Yaponiya pasporti reytingdagi besh yillik peshqadamligini qoldirib, birinchi o‘rindan chiqib ketdi.
Singapur yetakchilikni qo‘lga kiritdi, biroq bu xursandchilik uzoqqa cho‘zilmadi. Chunki atigi olti oy ichida Singapur yana yagona yetakchilikdan voz kechishiga to‘g‘ri keldi.
Buning o‘rniga, jami oltita mamlakat, shu jumladan Germaniya ham eng yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Fransiya, Italiya, Yaponiya, Singapur, Ispaniya va Germaniya fuqarolari hozirda dunyoning 194 davlatiga vizasiz borishlari mumkin. Ularning barchasi birinchi o‘rinni baham ko‘rishyapti.
Quyida vizasiz yuzdan ortiq mamlakatlarga tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta pasport keltirilgan:
1-o‘rin - Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Singapur, Ispaniya (vizasiz 194 ta davlat).
2-o‘rin - Finlandiya, Janubiy Koreya, Shvetsiya (vizasiz 193 davlat).
3-o‘rin - Avstriya, Daniya, Irlandiya, Niderlandiya (vizasiz 192 davlat).
4-o‘rin - Belgiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya (vizasiz 191 davlat).
5-o‘rin - Gretsiya, Malta, Shveysariya (vizasiz 190 davlat).
6-o‘rin - Avstraliya, Chexiya, Yangi Zelandiya, Polsha (vizasiz 189 davlat).
7- o‘rin - Kanada, Vengriya, AQSh (vizasiz 188 davlat).
8-o‘rin - Estoniya, Litva ( vizasiz 187 davlat).
9-o‘rin - Latviya, Slovakiya, Sloveniya (vizasiz 186 davlat).
10-o‘rin - Islandiya (vizasiz 185 davlat).
2023 yil bilan taqqoslaganda, Germaniya fuqarolari vizasiz tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan yana to‘rtta davlatni qo‘shdi. 2024 yilda yuqori pog‘onalagan boshqa mamlakatlardan kelganlar ham avvalgidan ko‘ra ko‘proq mamlakatlarga vizasiz kirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
2006 yilda pasportlarning o‘rtacha 58 davlatga vizasiz kirishi ta’minlangan bo‘lsa, bugungi kunda bunday davlatlarning soni 111 taga yetdi. Eng kuchli va zaifroq pasportlar o‘rtasidagi tafovut o‘sishda davom etmoqda.
2024 yilda yuqori o‘rindagi davlatlardan kelganlar vizasiz quyi o‘rindagi afg‘onistonliklarga qaraganda 166 ta davlatga ko‘proq kirishlari mumkin bo‘ladi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.