Dunyodagi oltin zaxiralarining 11 foizi hindistonlik uy bekalariga tegishli

🔹 Dunyoda har kuni 2 milliard 25 million finjon qahva iste’mol qilinadi. Butun dunyo bo‘ylab qahva loviyalari sotilish bo‘yicha neft va dollardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

🔹 Yarim litrli koka-kolada o‘rta statistik odam kunlik ratsionida belgilanganidan ko‘ra ko‘proq shakar bor. Tarkibidagi ortofosfor kislotasi tufayli ichimlikdagi bu shakar miqdori sezilmaydi.

🔹 Odam qanchalik tez o‘ylasa, uning husnixati shunchalik qiyin o‘qiladi. Bu bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot o‘qib bo‘lmaydigan yozuv va yuqori IQ o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqladi.

🔹 Insoniyat tarixida halok bo‘lganlarning yarmi chivinlar tomonidan o‘ldirilgan. Bu odamlar (taxminan 45 milliard) qon so‘ruvchi hasharotlar chaqishi orqali yuqadigan kasalliklardan vafot etgan.

🔹 Sabzi dastlab binafsha rangga ega edi. Sariq rangli sabzi navi esa 1300 yillarda Gollandiyada yaratilgan.

 🔹 Aylanma chorrahalar baxtsiz hodisalar (avtohalokatlar)dagi o‘lim holatlarini 72-82 foizga kamaytiradi, shuningdek, kutish vaqtini qisqartiradi va yoqilg‘ini tejaydi.

🔹 Inson  tanasidagi eng kuchli mushak (tanasiga nisbatan) bu til, eng ko‘p ishlatiladigan bo‘g‘im esa jag‘.

🔹 Delfinlar qarindoshlari bilan nafaqat gaplashishadi, balki ular bir-birining ismini ham biladi.

🔹 Miyovlashga o‘xshab sayrab tovush chiqaradigan chumchuqlar turi mavjud. Ular mushuk-qushlar deb ataladi.

🔹 Parijning to‘g‘ri va keng xiyobonlari mashinalar uchun emas, balki ko‘chadagi namoyishchilarni bostirishni osonlashtirish uchun shunday yaratilgan.

🔹 Dunyodagi oltin zaxiralarining 11 foizi hindistonlik uy bekalariga tegishli.

🔹 Chaqmoq urganda inson terisi 28000 °C darajagacha qiziydi.

🔹 Pingvinlar nikoh taklifi sifatida o‘z qallig‘iga tosh sovg‘a qiladi. Agar urg‘ochi taklifni qabul qilsa, u toshni olib, uyasiga qo‘yadi.

Bahora tayyorladi.