Dunyoning bir parchasi
G‘arbiy Afrikada yashovchi dogon qabilasining olam tuzilishi haqida o‘z hayratomuz tasavvurlari bor. Dogonlarning fikricha, birinchi Somon yo‘li galaktikamiz va Yer yulduzli olamning bir parchasi, xolos.
Qiziqarlisi shundaki, dogonlarning tasavvuricha, koinotda bunday olamlar juda ko‘p va ular spiral shaklga ega (hozirgi zamon astronomlari haqiqatdan ko‘pchilik galaktikalar spiral - o‘rama shakldaligini isbotlashgan).
Dogonlar Yer bahri-muhit - koinotda hayot mavjud yagona sayyora emasligini ta’kidlashadi. Afrika qabilasining tasavvuricha, olamni yaratgan Alloh bir vaqtning o‘zida juda ko‘p tirik mavjudotlarni yaratgan va bepoyon koinotga joylashtirgan.
Misrcha qirg‘in
Gresiyaning Santorin orolidagi mashhur vulqon 3600 yil avval Krit oroli atrofida ming yillar davomida gullab-yashnagan minoy sivilizatsiyasini yer yuzidan batamom supurib tashlagan.
Bu vulqonning otilishi soatiga 110 kilometr tezlikda tarqalgan. Yomoni, uning to‘lqini Krit va Santorinni ajratib turgan kenglikda yo‘lida kim va nima uchrasa yakson qilgan.
Yaqinda tarixchilar “Bibliya”da bayon qilingan misrcha qirg‘inni ana shu vulqon otilishi bilan bog‘ladilar: «Monsey qo‘lini samoga silkidi, Misr borlig‘ini zulmat qopladi, hech kim bir-birini ko‘rmadi, hech kim o‘rnidan qo‘zg‘almadi».
Vulqon otilishi haqiqatdan Misrgacha yetib kelgani va bir necha kun osmonni qoplab olgani ehtimoldan uzoq emas. Tadqiqotchilar fikricha, Santorin orolida yana bir vulqon 12 ming yil avval otilgan va Atlantidani yo‘q qilgan.
T.Shomurodov tayyorladi.