Dunyoning eng aholi zich joylashgan shaharlari

Bugungi kunda Yer shari aholisi taxminan 7,97 milliard kishini tashkil qiladi. Biroq, ma’lum joyning bir kvadrat kilometrida 20 ming kishi yashasa, boshqasida bu ko‘rsatkich 40-50 kishini tashkil etadi. Yerdagi aholi zichligi turli darajada taqsimlangan. Tabiiyki, katta shaharlar ish topish, martaba zinapoyasi bo‘ylab ko‘tarilish yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun chetdagi hududlar aholisini o‘ziga jalb qiladi.

Bugun aholi zichligi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaganshaharlar haqida so‘z yuritamiz.

Karachi

ТОП 5 самых больших городов по населению в мире

Pokistondagi bu shahar nisbatan yaqinda, 18 asrning oxirida paydo bo‘lgan. Yarim asr o‘tgach, Karachi ingliz qo‘shinlari tomonidan bosib olindi, shu davrda shahar temir yo‘l aloqasi va yirik portga ega bo‘ldi. Birmuncha vaqt Karachi mamlakat poytaxti ham bo‘lgan, keyinchalik poytaxt Islomobod shahriga ko‘chirilgan. Shunga qaramay Karachi mamlakatning asosiy moliya, bank, sanoat va tijorat markazi bo‘lib qoldi. Bu yerda mamlakatning yirik korporatsiyalari joylashgan, to‘qimachilik va avomobilsozlik, san’at, moda va reklama sanoati rivojlangan, tibbiy va ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Ayni paytda shaharda 14,9 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Istanbul

ТОП 5 самых больших городов по населению в мире

Yevropa va Osiyoni ajratib turadigan Turkiyaning eng yirik shaharlaridan biriga miloddan avvalgi 659 yilda asos solingan. Bir vaqtlar u Rim imperiyasining poytaxti bo‘lgan va Konstantinopol deb nomlangan. 11 asrning boshlarigacha Vizantiya imperiyasining poytaxti bo‘lgan shahar 1453 yildan Usmonlilar imperiyasining poytaxti bo‘ldi va 20asrning boshida Istanbul nomini oldi. Bugungi kunda shahar Turkiyaning eng yirik sanoat va sayyohlik markazi hisoblanadi. Bu yerda rasman 15 million kishi, (norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra esa 20-22 million) kishi istiqomat qiladi.

Mumbay

ТОП 5 самых больших городов по населению в мире

17asr oxirida shahar maqomini olgan Hindistondagi Mumbay 1995 yilgacha Bombey deb kelingan.  Mumbay Hindistonning madaniy, ko‘ngilochar va moliyaviy markazidir. Shaharda 15,4 million aholi istiqomat qiladi.

Pekin

ТОП 5 самых больших городов по населению в мире

Xitoy poytaxti bo‘lmish Pekinda 21,2 million aholi yashaydi. Pekin – Xitoyning ilmiy, madaniy markazi va sayyohlar orasida juda mashhur shahardir. Unda Osmon, Yer va Quyosh ibodatxonalari, imperatorlar qarorgohi va boshqa ko‘plab diqqatga sazovor joylari ko‘p.

Shanxay

ТОП 5 самых больших городов по населению в мире

Dunyoning yirik moliyaviy markazlaridan biriShanxay ham Xitoyda joylashgan. 15 asrda shaharda uzoq vaqt foydalanilmagan dengiz porti paydo bo‘ldi, vaziyat nisbatan yaqinda  o‘zgarib, 2005 yilda Yanshan chuqur suv porti foydalanishga topshirilganidan beri Shanxay porti yuk aylanmasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik portga aylandi. Shanxay har xil uslubdagi arxitekturaga ega va turli xil muzey va galereyalar bilan to‘ldirilgan, uning aholi zichligi esa 25 million kishini tashkil etadi.

B. Muhammadiyeva tayyorladi.