Dunyoning eng yirik shaharlari: Aholi soni bo‘yicha hayot qaynaydigan millionchi o‘nlik

Yandeks Travel kanali muallifi aholi soni bo‘yicha dunyoning 10 ta eng yirik shaharlari ro‘yxatini tuzdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu shaharlar dunyo aholisi qanchalik tez o‘sib borayotganini aks ettiradi.

Tokio birinchi o‘rinni mustahkam egallab turibdi. 37 milliondan ortiq aholiga ega Yaponiya poytaxti ulkan moliyaviy va texnologik markazdir.

Keyingi o‘rinda 33 million aholisi bo‘lgan Xitoyning Chunsin shahri joylashgan. U yerda qurilish uchun boshqa joy qolmaganligi sababli hatto turar-joy binosi o‘rtasidan metro liniyasi qurilgan.

Uchinchi o‘rinni 32 millionga yaqin aholiga ega Hindistonning Dehli shahri egallaydi. Mamlakat poytaxti yoshlarga o‘qish va ishlash uchun imkoniyatlar yaratib bermoqda.

Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Shanxay, Dakka, San-Paulu, Mexiko, Qohira, Pekin va Mumbay kiradi. Bu shaharlarning har birida 20 milliondan ortiq aholi bor. Ular o‘ziga xos xususiyatlari bilan faxrlanishi ham mumkin - ba’zilari Shanxay kabi ajoyib osmono‘par binolari bilan, boshqalari Qohira kabi qadimiy piramidalar bilan maqtanadi.