Dunyoning yetakchi davlatlari koronavirusga qarshi vaksina uchun navbatga turmoqda

AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi davlatlari 1.3 milliard emlashga teng, hali tayyor bo‘lmagan koronavirusga qarshi vaksina uchun buyurtma imzoladilar. Bu haqda Bloomberg nashri Airfinity tahliliy kompaniya tadqiqotlariga tayanib ma’lum qildi.

“AQSh va Buyuk Britaniya Sanofi va GlaxoSmithKline Plc kompaniyalari bilan buyurtma imzoladilar, Yaponiya esa Pfizer bilan. Shuningdek Yevropa Ittifoqi ham vaksinaga buyurtma imzolashga “tajovuzkor harakatlanmoqda”, ta’kidlagan Bloomberg. Biroq Yevropa davlatlari aynan kim bilan shartnoma imzolagani haqida ma’lumot taqdim etmagan.

Shu tariqa, yangi turdagi koronavirusga qarshi vaksinaning samaradorligi hali isbotlanmagan bo‘lsada, uning dastlabki qismi badavlat mamlakatlar tomonidan band etilgan va bunday shartnomalar soni ko‘payishda davom etadi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, Yer yuzining 7.8 milliard aholisiga vaksina yetmay qolishi mumkin va kambag‘al davlatlar navbatning eng so‘nggi pog‘onalarida qolib ketishi ehtimoli juda yuqori bo‘lib qolmoqda.