Reyting: eng ko‘p sotiladigan avtomobil brendlari

Global avtomobil bozori o‘zgarishda davom etmoqda, chunki elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining jadal o‘sib borishi sharoitida an’anaviy ishlab chiqaruvchilar o‘z pozitsiyalari barqarorligini saqlab qolish uchun kurashmoqda.

2025 yilning birinchi yarmida Toyota boshqa ishlab chiqaruvchilardan katta farq bilan o‘zining yaqqol yetakchiligini qaytadan isbotlab berdi. Shu bilan birga boshqa osiyolik ishlab chiqaruvchilar kuchli 15 talikdagi o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Yangi infografikada har bir brendning savdo hajmi va yillik o‘sish sur’atlari taqqoslangan ko‘rsatkichlar aks ettirilgan.

Diqqatga sazovor tendensiyalardan biri birinchi navbatda, mahalliy va xalqaro miqyosda faol ravishda kengayib borayotgan xitoylik BYD va Geely ishlab chiqaruvchilarning mustahkamlanishi bo‘ldi. Bunday o‘sish pasayib ketgan bir qator an’anaviy Yevropa va yapon brendlari ko‘rsatkichlaridan keskin farq qiladi.

Infografika ma’lumotlarini rasmiy avtomobil ishlab chiqaruvchilar hisobotlari va jahon yengil avtomobillar bozori taxminlaridan foydalangan sanoat tahlilchisi Felipe Munos taqdim etdi. Statistikaga ham ichki yonuv dvigatelli, ham elektr transport vositalari kiradi.

Yillik o‘sish sur’ati 31 foizni tashkil etgan BYD ikki milliondan ortiq avtomobil sotib, dunyo miqyosida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Ekspertlar bu sur’atda BYD 2025 yilning oxirigacha Fordni ortda qoldirishi mumkinligi haqida taxmin qilishmoqda.

Bir qator taniqli brendlar, jumladan, Honda, Nissan, Mercedes va Audi avtomobillari savdolarning pasayishi kuzatildi. Yevropa premium brendlari ham asosiy bozorlarda talabning zaiflashishi fonida bozor ulushini yo‘qotdi. Shu bilan birga, Hyundai, Kia va Chevrolet avtobozorida o‘rtacha o‘sish kuzatildi.

Toyota 2025 yilning birinchi yarmida ko‘pchilik raqobatchilarga qaraganda ikki barobar ko‘p, ya’ni 4,73 million dona avtomobil sotdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizga o‘sishni anglatadi va kompaniyaning Shimoliy Amerikadan Osiyogacha bo‘lgan bozorlarda egallab turgan mustahkam o‘rnini tasdiqlaydi.

Elektrlashtirish davom etayotganiga qaramay, Toyotaning ishlab chiqarish ko‘lami sohada yetakchilikni saqlab qolish imkonini bermoqda.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.