Elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suv manbalarini tejash, atrof-muhitni asrash, yashil iqtisodiyot targ‘iboti bo‘yicha tanlov

#Diqqat_tanlov!
Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlar maslahat jamoatchilik kengashi 2025 yil - Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili munosabati bilan jurnalist va ijodkorlar o‘rtasida “Eng yaxshi maqola” va “Eng yaxshi videorolik” tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar tahliliy, taqqoslash va mantiqiy bo‘lishi shart. Hajmi 14 shriftda 4 qog‘ozdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Videoroliklar esa mavzu bo‘yicha tahlil, solishtirma taqqos, imkoni bo‘lsa infografika ko‘rinishida va ko‘pchilikka foydali bo‘lishi shart.
Tanlovga ijodiy ishlar 2025 yil 1 maydan 1 dekabrgacha qabul qilinadi.
Maqolalar pochta orqali “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari tahririyati – Samarqand shahri, Ulug‘ Tursunov ko‘chasi 80-uy yoki +998 93 728 08 22 raqamli telegramga elektron shaklda yuborilishi kerak.
Natijalar “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari, Zarnews.uz telegram kanali, www.Zarnews.uz sayti, www.youtube.com/@Samarqand_Zarafshon yutub kanali, "Samarkandskiy vestnik" telegramm kanalida qanchalik ko‘p o‘qilgan yoki tomosha qilganlik holati bo‘yicha elektron usulda aniqlanadi.
Har bir yo‘nalishda 6 nafar g‘olib aniqlanadi.
“Eng yaxshi maqola” yo‘nalishi:
- 1-o‘rin, 1 nafar: 6 million so‘m.
- 2-o‘rin, 2 nafar: har biriga 3 million so‘mdan.
- 3-o‘rin, 3 nafar: har biriga 2 million so‘mdan.
“Eng yaxshi videorolik” yo‘nalishi:
- 1-o‘rin, 1 nafar: 6 million so‘m.
- 2-o‘rin, 2 nafar: har biriga 3 million so‘mdan.
- 3-o‘rin, 3 nafar: har biriga 2 million so‘mdan.
G‘oliblar shu yil dekabr oyida taqdirlanadi.