Elektrchilar - kelajak millionerlari bo‘lishi mumkin

Data-markazlar (ma’lumotlarni qayta ishlash markazi) soni tez sur’atda ko‘payib borayotgan bir paytda, bu soha mutaxassislariga talab keskin oshdi. Ularning maoshi ham sezilarli darajada ko‘tarilishi turgan gap, deb hisoblaydi ekspertlar.

Besh yil oldin sun’iy intellekt shunchalik «portlash»ini hech kim tasavvur ham qilmagandi. Endi esa dunyoga minglab data-markazlar kerak bo‘ladi. Nima deb o‘ylaysiz, elektr tarmoqlarini kim ulaydi? Blogerlar emas, ITchilar ham emas – elektrchilar.

Ko‘p yillar davomida «oddiy ish»chi deb qaralgan ushbu kasb egalari bugun tanqis va strategik muhim mutaxassislarga aylanmoqda. Ehtimol, eng katta daromadni ham aynan ular qiladi.

Sun’iy intellekt ofis ishchilarini almashtirishi mumkin. Lekin kimdir elektr asboblarni tarmoqqa ulashi kerak-ku!?