Elektron kundalikka to‘lov qilish qanchalik to‘g‘ri?
Elektron kundalik uchun obuna mavzusi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. AOKAda o‘tgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova shu masala yuzasidan izoh berdi:
«Xalq ta’limi vazirligi va «Kundalik» kompaniyasi o‘rtasida davlat-xususiy sherikligi asosida shartnoma imzolangan bo‘lib, buning natijasida xususiy sarmoya jalb etilgan holda, davlat byudjet mablag‘lari tejaladi.
Tejalgan davlat mablag‘lari maktablarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga, ya’ni kompyuter va internet bilan jihozlashga yo‘naltiriladi.
«Kundalik» kompaniyasiga tushgan mablag‘lar — platformaning texnik infratuzilmasini saqlash, uni rivojlantirish va kengaytirish uchun sarflanadi.
«Kundalik» loyihasi to‘liq «Kundalik» kompaniyasi tomonidan moliyalashtiriladi. Mablag‘lar dasturiy ta’minotni yaratish, ishlatish va saqlashga, tizimni boshqa maktablarda tatbiq etishga sarflanadi».