E’lon! Tadbirkorlarni hamkorlikka chorlaymiz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan M-39 “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz – Termiz” avtomobil yo‘lining 1039-kilometrida, ya’ni, Bulung‘ur tumanida joylashgan “Yuqori nuqta” muntazam YPX maskani hamda “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz – Termiz” avtomobil yo‘lining 1120-kilometrida, ya’ni, Urgut tumanida joylashgan “Omonqo‘ton” muntazam YPX maskani hududida bo‘sh turgan yer maydonlarga haydovchi, yo‘lovchi va turistlarga servis xizmati ko‘rsatish ob’yektlarini qurib, undan unumli foydalanish belgilangan.

“Yuqori nuqta” hamda “Omonqo‘ton”  muntazam YPX maskanlari hududidan mehmonxona, minimarket, paynet, dorixona, nomozxona, zamonaviy dush, hojatxona, avto moyka, avto sug‘urta, avto servis, vulkanizatsiya va shu kabi turli xizmat ko‘rsatuvchi ob’yektlarni qurish ko‘rsatib o‘tilgan.

Samarqand viloyati IIB YHXB YPX maskanlarida namunaviy loyiha va takliflar asosida turli maishiy va servis xizmati ko‘rsatuvchi ob’yektlarni qurish va foydalanishda tadbirkorlarni hamkorlikda ishlashga taklif etadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: +99898-140-17-27, +99866-221-82-08.