Eng bo‘ydor, eng mitti, eng semiz, eng keksa, shoxdor odam: Dunyodagi noyob kishilar
Sulton Ko‘sen – eng uzun odam
«Ginnesning rekordlar kitobi”ga ko‘ra, ayni damda dunyodagi bo‘yi eng uzun odam 39 yoshli fermer Sulton Ko‘sen hisoblanadi. U Turkiyaning Mardin shahrida yashaydi. Bunga ishonish qiyin, lekin uning bo‘yi 251 santimetrdan iborat. Sulton ba’zida bo‘yi unga noqulaylik tug‘dirishini aytadi. 2014 yilda Ko‘sen sayyoradagi eng kichik odam, bo‘yi 54,7 santimetr bo‘lgan nepallik Chandra Dangi bilan uchrashgan. Afsuski, Dangi 2015 yilda vafot etdi.
Junri Balauing
Filippinlik Junri Balauing esa rasmiy ravishda 2011 yilda “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kiritilgan. 2015 yilda u sayyoradagi eng past bo‘yli kishi deb e’lon qilingan. Junri Balauing Filippinning olis Sindangan shahrida yashaydi. 2019 yilning 12 iyunida bo‘yi atigi 59,93 santimetr bo‘lgan yigit 26 yoshga to‘ldi.
Holid ibn Muxsin Shaari
Saudiya Arabistonida yashovchi yigit o‘smirlik davrida 610 kilogramm vaznga ega edi. Sog‘liq uchun foydali jihatlari juda shubhali bo‘lsa-da, bu yutuq “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kiritilgan. 2013 yilda Saudiya Arabistoni qiroli Holidning davolanishi uchun pul to‘lab, yigitni kasalxonaga yotqizishni buyurdi. Semiz yigit klinikaga harbiy samolyotda olib ketildi. Shifokorlar va Holidning sa’y-harakatlari bilan u 320 kilogrammga ozishga muvaffaq bo‘ldi. 2016 yilga kelib dunyodagi eng og‘ir odam yura olish qobiliyatiga ega bo‘ldi.
Lyusil Randon
1904 yil 11 fevralda tug‘ilgan fransiyalik monax ayol 2022 yil 19 aprelda (1903 yil 2 yanvarda tug‘ilgan yaponiyalik Keyn Tanaka vafotidan so‘ng) 118 yil, 250 kun yashagan kishi sifatida dunyodagi eng keksa kishi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Hozirgacha u rekordlar kitobida qayd etilgan to‘rtinchi eng keksa odam hisoblanadi.
Yu Chjen Xuan
2002 yilda mashhur kitob xitoylik Yu Chjen Xuanni dunyodagi eng sermo‘y odam deb tan oldi. Gormonal nomutanosiblik tufayli erkak tanasining 96 foizini jun qoplagan. Shu sababli u bolaligida maymun-odam laqabini olgan. 32 yoshli yigit Xitoyning Liao provinsiyasidagi kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgan. Ikki yoshidan boshlab unda odamda juda kam uchraydigan kasallik rivojlana boshlangan va shu kungacha birorta shifokor uning bu dardiga malham topa olmagan.
Chjan Ruyfang
2010 yilda Chjan Ruyfang ismli 101 yoshli xitoylik momo butun dunyo bo‘ylab nashr sarlavhalarini egalladi: u do‘stlari, oilasi va butun dunyoni hayratda qoldirib peshonasida shox (!) o‘sib chiqqanligi bilan mashhur bo‘ldi.
Mexmet O‘zyurak
Hech kim o‘z burni haqida turkiyalik Mexmet O‘zyurakda bo‘lgani kabi unchalik ko‘p sharh olmagan. U burnini boshqalar hayotiga tiqishi bilan emas... shunchaki dunyodagi eng katta burun egasi sifatida “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘lchov vaqtida mashhur burunning uzunligi 8,8 santimetr ekani aniqlandi.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.