Eng ko‘p o‘quvchi ta’lim oladigan maktab qayerda?

Yer yuzida eng ko‘p bola ta’lim oladigan maktab qayerda?

Qaysi mamlakatda o‘quv yurtlari ko‘p?

Yana bir savol: dunyodagi eng katta kitob qachon va qayerda chop etilgan?

Elbek Rahmonov, Navbahor tumani.

Hindistonning Laknau shtati, Montesorri shahridagi o‘rta maktablarning birida 26 ming bola bilim oladi. Endi bu maktabda qancha sinf xonasi bor ekanini o‘zingiz tasavvur qilavering.

Jahonda universitet, institut va kollejlari ko‘pligi jihatidan Meksika birinchi o‘rinni egallaydi. Bu mamlakatda 10 ming 360 dan ziyod ta’lim muassasalari mavjud.

Keyingi savolingizga javob ko‘pchilik uchun ham qiziq.

Hajmi 307x274 metr bo‘lgan, umumiy og‘irligi 252,6 kilogrammlik 300 sahifali ulkan kitob 1976 yilda AQShning Kolorado shtatida bosmadan chiqqan. Kitob atigi bir nusxada chop etilgan bo‘lib, hozirda shtatdagi muzeyning qiziq eksponatlaridan biri bo‘lib turibdi.

Javoblarni Izzatulla Norquvvatov tayyorladi.