Eng ko‘p qoidabuzar AYOQShlar Samarqandda aniqlangan
Mazkur tadbirkorlik sub’yektlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgunga qadar birja savdolari orqali Ai-80 rusumli avtobenzin xarid qilishga cheklovlar o‘rnatilib, nazoratga olingan.
@minenergy_uz ning xabar berishicha,
o‘rganishlar davomida respublika bo‘yicha 109 ta tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli xususiy AYoQShlarda bir qator qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi (narxni asossiz ravishda oshirib sotish, kamomadga yo‘l qo‘yish, sifatsiz mahsulot tarqatish, kam quyish va boshqa holatlar) aniqlangan.
Jumladan, Samarqand viloyatida 26 ta, Farg‘onada 22 ta, Qashqadaryoda 19 ta, Buxoro viloyatida 8 ta, Toshkent shahrida 7 ta, Toshkent viloyatida 5 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 ta, Xorazmda 4 ta, Namanganda 4 ta, Andijonda 4 ta, Jizzax viloyatida 4 ta, Surxondaryoda 1 tani tashkil qiladi.
Yo‘l qo‘yilgan qonun buzilish holatlariga huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan huquqiy baho berilmoqda.
Hozirda ishchi guruhlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.