Eng ko‘p qor qayerda yog‘adi? Yoki dunyodagi haddan tashqari ko‘p qor yog‘adigan shaharlar haqida
Bugun yillik reytingning metr bilan o‘lchanadigan ma’lumotlariga asoslangan insoniyat tarixidagi eng ko‘p qor yog‘adigan shaharlar haqida bilib olamiz.
Bu shaharlar quyida keltirilgan xaritadagi uchta mamlakatda joylashgan.
Buffalo, AQSh
Ajoyib oshxonalari va Art-Dekor arxitekturasi bilan mashhur shaharda yog‘adigan qorning qalinligi yiliga o‘rtacha 2,73 metrni tashkil qiladi. 2014 yilda rekord qayd qilinib, yoqqan qor balandligi 3,09 metrga yetdi.
Mahalliy hokimiyat va aholi uzoq davom etadigan qor yog‘ish inqiroziga qarshi boshqaruv ko‘nikmalariga ega ekanligiga da’vo qiladi.
Rochester, AQSh
Un va gullar shahri sifatida tanilgan shaharda har yilgi o‘rtacha ko‘rsatkich 2,53 metrni tashkil etadi. 1960 yilda qayd etilgan rekord 4,11 metr balandlikdagi qorni ko‘rsatdi.
Sirakuz, AQSh
O‘rta ta’lim muassasalari va universitetlari bilan mashhur shaharda 1993 yildagi qor yog‘ish darajasi 4,88 metrgacha yetgan.
Kvebek, Kanada
Yiliga o‘rtacha yog‘adigan qorning balandligi 3,03 metr. Rekord 2005 yilda 5 metr balandlikdagi qortepa uyushganda qayd etildi. Shuningdek, bu shahar o‘zining ikki tilligi bilan ham mashhur, chunki aholining aksariyati fransuz tilida so‘zlashishni afzal ko‘radi.
Sent-Jons, Kanada
Sent-Jonsda 2001 yilda bir mavsumda yoqqan qorning balandligi 5,98 metrga yetdi.
Toyama va Sapporo, Yaponiya
Yaponiyaning ushbu mintaqalaridagi iqlim sayyohlarning yaxshi taassurotlari uchun javobgardir. Chunki bu prefekturalardagi qor balandligi hayratlanarli bo‘lishi bilan bir qatorda o‘zining tabiiy go‘zalligi va an’anaviy yapon xalqlarining chuqur tarixiga olib boradigan madaniyati bilan mashhur.
Toyamada yiliga o‘rtacha 3,63 metr qor yog‘adi. Sapporoda esa yiliga yog‘adigan o‘rtacha qor balandligi 5,97 metrni tashkil qiladi va 1996 yilda rekord darajasidagi 6,80 metr balandlikda qor yog‘di.
Aomori, Yaponiya
Olma sharbatidan tayyorlanadigan ichimliklar, sake va dengiz mahsulotlari ishlab chiqarish bilan mashhur Aomori uchun yiliga 6,60 metrgacha yog‘adigan qor uyumi oddiy hol. Rekord 1986 yilda sodir bo‘ldi va yoqqan qor balandligi... 12,63 metrga yetdi!
B.Muhammadiyeva tayyorladi.