Eng muhim yutug‘imiz - “yopiqlik muhiti”dan qutuldik: Shavkat Mirziyoyev

Xalqaro investitsiya forumining yalpi sessiyasida nutq so‘zlayotgan Prezident erkinlik, majburiy mehnat, ochiqlik masalalariga alohida to‘xtaldi.

"Islohotlarimizning muhim yo‘nalishi sifatida mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va so‘z erkinligini ta’minlash, demokratik media makon yaratish bo‘yicha zarur choralar amalga oshirilmoqda.

Ommaviy axborot vositalarini “to‘rtinchi hokimiyat”ga aylantirish, davlat idoralarining jamiyat oldidagi hisob́dorligini oshirish borasida sezilarli natijalarga erishmoqdamiz.

Bu boradagi eng muhim yutug‘imiz shuki – biz jamiyatimizda “yopiqlik muhiti”dan qutulib, Yangi O‘zbekiston poydevorini aynan erkinlik va adolat tamoyillari asosida barpo etmoqdamiz.

Ko‘p yillar davomida mamlakatimizni turli “qora ro‘yxat”larga kiritilishi uchun sabab bo‘lgan majburiy, jumladan, bolalar mehnatiga to‘liq barham berildi.

Buning e’tirofi sifatida yaqinda xalqaro “Cotton Campaign" koalitsiyasi hamda jahondagi mashhur brendlar tomonidan O‘zbekiston paxtasi va tekstil mahsulotlariga nisbatan ilgari o‘rnatilgan boykot bekor qilindi", dedi davlat rahbari.