Eng og‘ir bemorlar Germaniyada davolanadigan bo‘lishdi
12 yoshgacha bo‘lgan bemor bolalar uchun tibbiy ko‘rik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi, Germaniyaning "Friedensdorf International" xalqaro tashkiloti hamkorligida amalga oshirilayotgan sog‘lomlashtirish dasturi asosida tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, eng og‘ir deb topilgan bemor bolalar joriy yilning avgust oyida Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanish uchun yuboriladi.
B.XONKELDIYeV.