“Eng ulug‘, eng aziz” viloyat tanlovida ishtirok eting!

Aziz ijodkorlar!
Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi, viloyat madaniyat boshqarmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi viloyat bo‘limi, viloyat “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi hamda viloyat teleradiokanali O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligiga bag‘ishlab “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy tanlovining viloyat bosqichini e’lon qiladi.
Tanlovga “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan asarlar, maqola va materiallar qabul qilinadi.
Tanlovga qabul qilingan materiallarda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, shuningdek, “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” davlat dasturlarining ijrosi, mazmun-mohiyati va targ‘iboti aks etganiga alohida e’tibor qaratiladi.
“Eng ulug‘, eng aziz” viloyat tanlovi g‘oliblari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha mukofotlanadi:
– viloyatdagi yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari, jurnalistlarning publitsistik nashrlari;
– bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining ijodiy ishlari;
– ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan veb-saytlardagi internet-jurnalistika materiallari;
– televideniye va radio ijodkorlarining materiallari;
– tasviriy san’at, foto asarlar va dizayn ishlari;
– san’atkorlarning yurtni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlari.
Har bir nominatsiya bo‘yicha uchtadan o‘rin ajratiladi.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
– muallif to‘g‘risida ma’lumotnoma (ob’yektivka);
– muallifning fuqarolik pasporti nusxasi;
– nomzodning manzili va bog‘lanish telefon raqamlari.
Tanlovga 2024 yilning 1 avgustidan 2025 yilning 1 avgustigacha bo‘lgan davrda rasman chop etilgan adabiy-badiiy asarlari, gazeta-jurnallar va internet nashrlarida e’lon qilingan maqolalar, radio va televideniye kanallarida efirga uzatilgan materiallar, namoyish etilgan tasviriy san’at ishlari va fotoasarlar, kuy-qo‘shiqlar qog‘oz ko‘rinishda hamda elektron shaklda 2025 yilning 16 avgustigacha bo‘lgan muddatda qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida aniqlanadi hamda qimmatbaho sovg‘a va diplom bilan mukofotlanadi.
Tanlovda qatnashish uchun taqdim etiladigan namunalar ijodiy uyushmalardan, OAV jamoalaridan, sohalar bo‘yicha nodavlat-notijorat tashkilotlaridan, shuningdek, mustaqil ijodkorlardan elektron hamda bosma shaklda Samarqand shahri, Ulug‘ Tursunov ko‘chasi, 80-uy, viloyat Matbuot uyida qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlaridan olishingiz hamda ijodiy ishlaringizni yo‘nalishlar bo‘yicha taqdim etishingiz mumkin.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi– (93) 992 10 64;
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi - (66) 233 91 69;
Samarqand viloyati teleradiokanali – (66) 233 96 01;
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi viloyat bo‘limi –(91) 553 83 97;
Viloyat “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi –(93) 996 96 16;
Viloyat madaniyat boshqarmasi – (91) 549 50 51.
Tashkiliy qo‘mita.