«Eng yaxshi maqola» tanlovi yakunlandi: SamTI va SamDU vakillari peshqadamlar safida
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan yosh olimlar va talabalar o‘rtasida yoshlar ilmiy faoliyatida mustaqillik g‘oyasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlab tashkil etilgan tanlov yakunlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
Tanlovga respublikamiz oliy ta’lim muassasalaridan 124 ta maqola kelib tushdi. Ulardan 32 tasi yosh olimlar va 92 tasi talabalar tomonidan yozilgan.
Hakamlar hay’ati tomonidan ikkita nominatsiya bo‘yicha besh nafardan nomzod saralab olindi hamda yakuniy bosqichda ishtirokchilar o‘zlari yozgan maqola bo‘yicha taqdimot o‘tkazdilar. Tanlov yakunlariga ko‘ra, quyidagilar g‘olib bo‘lishdi:
Iqtidorli talabalar nominatsiyasi
1-o‘rin - Sherzod Ibragimov, Samarqand davlat tibbiyot instituti talabasi.
2-o‘rin - Mohiniso Qo‘yboqova, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi.
3-o‘rin - Shahnoza Ashurxonova, Guliston davlat universiteti talabasi.
Yosh olimlar nominatsiyasi
1-o‘rin - Zilola Kasimova, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti doktoranti.
2-o‘rin - Faxridin Umarov, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali dekani.
3-o‘rin - Feruz Narmanov, Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti.
Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.