Er va xotin uch nafar farzandi bilan karantin hududidan qochib ketganligi aniqlandi

Joriy yilning 6 aprel kuni Navoiy viloyati, Nurota tumanida yashovchi Sh.S. (ayol), turmush o‘rtog‘i B.B. va uch nafar farzandi bilan Toshkent shahridan qaytib kelganligi sababli Nurota tumani Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik markazi tomonidan karantinga olingan.

Lekin ushbu oila karantin qoidalariga rioya qilmay, o‘zboshimchalik bilan chiqib ketgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qonunchilikka ko‘ra, qoidabuzarlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.