Toshkent shahrida karantin choralari kuchaytiriladi

Toshkent shahrida koronavirusdan kasallanishlar soni boshqa hududlarga nisbatan oshgani, ayniqsa, co‘nggi 5 kunda poytaxtdagi kasallanish holatlari sezilarli o‘sgani munosabati bilan bir qator nazorat choralari ko‘rilishi belgilandi. Bu xaqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

 Poytaxtdagi barcha qurilish ob’yektlarida, o‘sha yerning o‘zida vaqtincha yashab ishlayotgan quruvchi va ishchilarni sanitariya-epidemiologiya tartiblariga qat’iy rioya etishi yuzasidan nazorat kuchaytiriladi.

Yo‘nalishsiz taksilar uch tildagi (o‘zbek, rus, ingliz tillaridagi) «xavfsiz taksi» maxsus belgisi bilan bepul ta’minlash amaliyoti joriy qilinadi.

Bunda yo‘nalishsiz taksilarning  quyidagi talablarga rioya etishlari hisobga olinadi:

- haydovchining niqobda bo‘lishi;

- kiyinish madaniyatiga rioya qilishi;

- avtomobilda antiseptik vositalarning mavjudligi;

- avtoulov saloni dezinfeksiyadan o‘tgan bo‘lishi kerak.