Karantin talablari buzilganda, avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin
- 27.10.2020 14:27
- 243
- O‘zbekiston
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra (O‘RQ–643-son, 26.10.2020 yil) endi epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish (54-modda) bilan bog‘liq ma’muriy ishlar ichki ishlar organlari tomonidan ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Bunda, ichki ishlar organlari ushbu toifadagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazoni qo‘llashga faqat tegishli hududlarda yoki ob’yektlarda karantin joriy etilgan taqdirda haqlidir.
Shuningdek, endilikda karantin sharoitida haydovchilar tomonidan Kodeksning 54-moddasi ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi) nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda, transport vositalari ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy ish ko‘rilguniga qadar ushlab turilishi mumkin.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa