MIB: Qidiruv organlari tomonidan qo‘shma reydlarda 3 087 ta avtotrasport jarima maydonchasiga joylashtirilgan
Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat IIB JXX YHXB ma’muriy amaliyot bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda ma’muriy jarimalarni undirish yuzasidan qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida 66 385 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 45 mlrd. 068 mln. so‘m undirilgan. Shundan, IIB JXX YXXB organlar qarorlari asosida 54 098 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 20 mlrd. 275 mln. so‘m undirilib ijro hujjatlarini ijrosi amalda ta’minlangan.
Qo‘shma reydlar davomida o‘tgan davrda 3 087 ta avtotrasport vositalari vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan bo‘lsa, shundan 2 880 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.
Misol uchun: 7 ta ma’muriy jarimasi uchun qidiruvda bo‘lgan fuqaro K,M.ning "HYUNDAI ELANTRA" rusumli avtoulovi ham reyd tadbirida vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan.