Karantin choralari takroran kuchaytiriladimi?

➖ Aholi orasida 15 oktyabrdan karantin tadbirlari qaytadan kuchaytirilishi to‘g‘risida savollar aylanib yuribdi. Bu nechog‘lik to‘g‘ri ma’lumot?

➖ Nurmat Otabekov, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, respublika bosh sanitariya inspektori:

Birinchidan, karantin choralarining takroran kuchaytirilishiga asos bo‘ladigan sababning o‘zi yo‘q;

➖ koronavirus infeksiyasi bilan kurashishi uchun respublika sog‘liqni saqlash tizimi yetarli darajada dori vositalari, test sistemalar, shifo o‘rinlari, IVL (sun’iy nafas olish apprati), kislorod konsentratorlari va  tibbiy maxsus kiyimlarning yetarli zaxirasi tashkil etilgan;

➖ COVID-19 bilan kurashishda davlatimiz tibbiyot xodimlari xorijiy xamkasblari bilan muntazam aloqa o‘rnatdi va ilg‘or xalqaro tajribalarni respublikamiz tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish imkoniyati yaratildi.

Ikkinchidan, fuqarolarning o‘zi va yaqinlarining sog‘ligini saqlash uchun karantin qoidalariga  qat’iy rioya qilishni davom ettirishimiz kerak;

➖ Respublikada karantin bekor qilingani yo‘q, yumshatildi xolos. Bu davrda yo‘l qo‘yilgan mas’uliyatsizlik, ushbu kasallikka chalinish ehtimolini oshiribgina qolmasdan, ba’zi yondosh kasalligi bor odamlarda og‘ir kechishi, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkinligini unutmaslik;

➖ odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda (istirohat bog‘lari, dam olish maskanlari, mahalla, ko‘chalar, savdo, transport va hokazo) aholi tomonidan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi holatlariga barham berish bo‘yicha kengaytirilgan tushuntirish va nazorat tadbirlarini davom ettirish, belgilangan talablarni buzgan shaxslarga murosasiz bo‘lish;

➖ fuqarolarga o‘zlari, yaqinlari va atrofdagilarning sog‘lig‘i uchun mas’ul ekanliklarini doimo eslatib turish, ularni tartibga chaqirish, shuningdek, turli surunkali kasalliklarga chalingan va koronavirusni og‘ir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan aholi qatlamini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni bajarishda aholini vijdonan yondashishga chaqirish.