Yana bir san’atkor karantin qoidalariga rioya qilmay to‘y o‘tkazgani uchun jarimaga tortildi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida amaldagi sanitariya-epidemiologiya talablarini buzgan holda o‘tkazilgan to‘yda mehmonlar soni 50 dan oshgan. Koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq yuqori xavf sharoitida bunday ishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Toshkent IIBB xabariga ko‘ra, SEX ishchilari tomonidan mazkur fakt asosida tadbirni tashkillashtirgan 32 yoshli Vohidjon I. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasiga ko‘ra, jarimaga tortildi. Unga EKIHning 5 baravari miqdorida jarima belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, 9 sentyabr kuni Ahmadjon T. to‘yini Shayxontohur tumanidagi uyida tashkillashtirgan va to‘yga 40 nafardan oshiq mehmonlar kelishgani haqida xabar bergan edik.