Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Er xotinini rashk qilib, uning hamkasbini o‘ldirdi

Kecha, 18 dekabr kuni soat 11:00 larda Qarshi shahrida joylashgan bog‘chada 1980 yilda tug‘ilgan A.B. (ishchi) xotini - 1986 yilda tug‘ilgan M.Q.ni (ishchi) hamkasbi - 1968 yilda tug‘ilgan B.N.ga (ishchi) rashk qilib, oshxona pichog‘i bilan B.N. ko‘krak qafasining turli joylariga urib, bo‘ynidan kesib, qasddan o‘ldirgan.

Bunga ham qanoatlanmagan erkak turmush o‘rtog‘ini ham o‘ldirmoqchi bo‘lganida hodisa joyiga IIB xodimlari yetib kelgan va ular tomonidan to‘xtatib qolingan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan A.B.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan